00:33 / 20.07.2023
202

Maksim Shatskix: "Qayrat" bilan har yili o‘ynashni an’anaga aylantirishdan xursand bo‘lardik"

Maksim Shatskix: "Qayrat" bilan har yili o‘ynashni an’anaga aylantirishdan xursand bo‘lardik"

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida o‘tkazilgan "Qayrat" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

- Barchasi biz kutgandek bo‘ldi. O‘yin har ikki jamoa hujumlari bilan kechdi. Muxlislarga yoqadigan futbol bo‘ldi. Biz bahs oxirida to‘p kiritib, g‘alaba qozondik. Hozir biz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Yakshanba kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan maydonga tushamiz.

- Tarkibning bir guruhi uch kun oldin nazorat bahsida o‘ynagandi. Bugun ikkinchi guruhning navbati keldi.

- Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz, turli sohalarda tajriba almashamiz. Futbolchilar o‘tishlari amalga oshishi mumkin. Klub va rahbariyat turk jamoalari bilan iliq munosabatda.

- Uchrashuvda ba’zi kamchiliklarni ham ko‘rib oldik. O‘yinchilar so‘nggi 10 kunda yuqori yuklamalar olishdi. Bugun hech kim almashtirilishini so‘ramadi. Demak, ularning jismoniy holati bunga dosh berdi. Hozirlikni rejadagidek davom ettiramiz.

- "Qayrat" bilan har yili o‘ynashni an’anaga aylantirishdan xursand bo‘lardik. Ishqibozlar uchun bellashuv katta bayram bo‘ldi. Buni saqlab qolish yaxshi. Bizni juda iliq kutib olishgani, barcha qulay sharoitlar muhayyo etilgani uchun mezbonlarga rahmat aytaman, - dedi Maksim Shatskix.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Qayrat" bilan har yili o‘ynashni an’anaga aylantirishdan xursand bo‘lardik"