10:00 / 22.07.2023
234

Besh karra Yevropa chempioni Ispaniya U-21 terma jamoasi Toshkentga keladi. Bu qanday amalga oshdi?

Besh karra Yevropa chempioni Ispaniya U-21 terma jamoasi Toshkentga keladi. Bu qanday amalga oshdi?

Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniya U-21 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar chiqdi. Mazkur uchrashuv 13 oktyabr sanasida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Yaqindagina, 8 iyul kuni yakuniga yetgan U-21 Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi finalga qadar yetib bordi va Angliyaga imkoniyatni boy berdi. Ushbu musobaqada 2000 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etishdi. Navbatdagi U-21 Yevropa chempionati ikki yildan so‘ng, Slovakiyada bo‘lib o‘tadi. Yangi tashkil etilgan (2002 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat) Ispaniya U-21 sentyabr oyida mana shu musobaqaga saralash bahslarini boshlaydi. Ispaniya guruhda Belgiya, Shotlandiya, Vengriya, Malta va Qozog‘iston bilan kuch sinashadi. Taqvim bo‘yicha 17 oktyabr kuni Ispaniya yoshlari Qozog‘iston mehmoni bo‘ladi.

"Ispaniyani Toshkentga olib kelish qiyin bo‘lmadimi? Yo‘q, qiyin bo‘lmadi. Biz ishimiz davomida Yevropa, Amerika, Afrika qit’asida o‘ynaydigan turli yoshdagi terma jamoalar, ayollar, futzal jamoalarining taqvimini doimiy o‘rganib boramiz. Ispaniyaning taqvimini o‘rganib chiqdik va oktyabr oyida Qozog‘istonga Yevropa chempionati saralashi doirasidagi rasmiy o‘yinga kelishini bildik. To‘g‘ridan to‘g‘ri, agentlarsiz Ispaniya futbol federatsiyasiga xat bilan chiqdik va ularni Qozog‘istonga borishdan oldin Toshkentga taklif qildik. Ular standart sharoitlar asosida rozi bo‘lishdi, ya’ni uchib kelish ulardan, biz tomondan yashash xarajatlari. To‘g‘ri chetdan barchasi osondek ko‘rinishi mumkin, biroq bunday vaziyatda raqiblarning rejalarini oldindan ko‘ra bilish ham kerak", - dedi O‘FA xalqaro bo‘lim rahbari Sherzod Igamberdiyev.

Ma’lumot uchun, Ispaniya U-21 toifasida besh marta (1986, 1998, 2011, 2013 va 2019 yillar) Yevropa chempioni bo‘lgan. Bu borada ispanlar Italiya bilan birga rekordchi hisoblanadi.

2019 yil Braziliyada U-17 Jahon chempionati bo‘lib o‘tgan. Unda 2002 va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan iborat Ispaniya terma jamoasi ham ishtirok etgan hamda chorak finalga qadar yetib borgandi. O‘shanda tarkibda Pedri ("Barselona"), Ilaysh Moriba ("RB Leypsig"), Yeremi Pino ("Vilyarreal"), Rafa Marin ("Real Madrid B"), Pablo Moreno ("Maritmu") kabi futbolchilar bo‘lgandi. Lekin oktyabr oyida shu futbolchilar keladi degani emas, hozirgi bosh murabbiy qaysi futbolchilarni Qozog‘iston bilan bahsga chaqirsa o‘shalar Toshkentga keladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Besh karra Yevropa chempioni Ispaniya U-21 terma jamoasi Toshkentga keladi. Bu qanday amalga oshdi?