23:47 / 22.07.2023
195

"Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz" - Berdiyevning gruziyalik topilmasi yana nimalar dedi?

"Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz" - Berdiyevning gruziyalik topilmasi yana nimalar dedi?

Qarshining "Nasaf" jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtidan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qilmoqda.

To‘g‘ri taklif qilinayotgan futbolchilar son jihatdan ko‘p emasdir, lekin jamoaga foyda keltiradigan ijrochi ekanligini sezish qiyin emas. Gap kelishi bilanoq gollar urishga kirishib ketgan gruziyalik Jaba Jigauri haqida ketmoqda. Futbolchi 3ta o‘rtoqlik uchrashuvida 4ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada Jabaning dastlabki taassurotlari bilan qiziqdik.

- "Nasaf" jamoasiga xush kelibsiz. O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishingiz faoliyatingizda muhim o‘zgarishmi yoki bu siz uchun navbatdagi oddiy transfer?
- Bu albatta yangi chaqiruv. "Nasaf" juda katta klub va o‘z tarixiga ega. "Nasaf" katta bir oila ekan, men ushbu katta oilaning a’zosiga aylanganimdan juda xursandman.

- Sizga Polsha va Yevropaning turli klublaridan qiziqish bo‘lganligini eshitdim. O‘zbekiston variantini o‘ylayotganingizda, birinchi navbatda milliy chempionat darajasiga e’tibor berdingizmi yoxud sizga qiziqayotgan klubning darajasiga?
- Menda Yevropadan aniq taklif bor edi. Ular menga shartnoma taklif qilishdi ham, lekin "Nasaf" men uchun eng yaxshi variant edi. "Nasaf" katta potensial ega. Men shu sababdan "Nasaf"ni tanladim. Biz "Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz.

- O‘zbekiston chempionati haqida qanday fikrdasiz? "Nasaf" jamoasi haqida avval nimalarni bilar edingiz?
- O‘zbekiston chempionati yaxshi darajada. Barcha klublar tabiiy maydonga ega. Chempionat darajasi ham ancha yaxshi. Men O‘zbekistonda faoliyat yuritgan tanishlarimdan maslahat so‘ragan edim va ular chempionatingiz darajasini yaxshi baholashdi.

- "Nasaf"da 70chi raqamni tanladingiz. Bunga sabab nima? Raqam tanlaganingizda nimalarga e’tibor berasiz?
- 70chi raqam Qarshi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini bilaman. Qarshiliklar futbolni sevishadi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ular bizni yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Shu sabab 70chi raqamni tanladim. "Nasaf" muxlislarini xursand qilish niyatim bor.

- Siz Yevropada "porlayotgan" Xvicha Kvaratsxeliya bilan birga o‘ynagansiz. U bilan hali ham gaplashib turasizmi? Xvicha "Napoli"da qolishi qanchalik to‘g‘ri yoki u yangi darajaga chiqib bo‘ldimi? Masalan Xvicha Angliya chempionatida o‘ynab keta oladimi?
- Ha, men Xvicha bilan birga o‘ynaganman. Biz hali ham do‘stmiz. U yangi mavsumda "Napoli"da qoladigan bo‘ldi. Keyingi mavsumlarda boshqa klublarga o‘tishi mumkin, lekin kelayotgan mavsumda u "Napoli"da bo‘ladi. Mening fikrimcha, Xvicha har qanday chempionatda yorqin o‘yin namoyish eta oladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" bilan katta yutuqlarga erishamiz" - Berdiyevning gruziyalik topilmasi yana nimalar dedi?