"Kalyari "Roma"dan Eldor Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga juda ham yaqin turibdi. Insayder Nikola Shkiraning bu haqda xabar bermoqda.
Jurnalistning ta’kidlashicha, sardiniyaliklar agarda hujumchini sotib olsa, Eldor bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma tuzadi. Shuningdek, bu transfer klubga 10 millio yevroga tushishi mumkin. Shomurodov ayni paytda Italiyaga yo‘l olgan. U dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va seshanba kuni rasman "Kalyari" futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi sardori uchun "Galatasaroy", "Jirona" va "Lechche" kabi klublardan ham takliflar bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar