08:30 / 29.07.2023
222

Ro‘ziqul Berdiyev: "Maydon maysasi o‘yinga to‘liq tayyor emasligini barcha ko‘rdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Maydon maysasi o‘yinga to‘liq tayyor emasligini barcha ko‘rdi"

Coca-Cola Superligasining 14-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Albatta, bugungi o‘yin davomida muxlislar atmosferasi juda yuqori bo‘ldi. "Andijon" jamoasi o‘z muxlislari qarshisida bizga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. Bugun ochko yo‘qotganimizga asosiy sabab shu bo‘ldi.

Qolaversa, maydonning chimi hali to‘liq tayyor emasdek ko‘rindi. Bu xolat har ikki jamoaning ham o‘yiniga ta’sir ko‘rsatdi.

- Maydon maysasi tayyor ekani haqida ma’lumot berilgandi. Siz maysa bo‘yicha e’tiroz bildirdingiz. Izoh bera olasizmi?

- Biz maydon maysalaridagi muammoni kecha mashg‘ulot vaqtidayoq sezgandik. "Andijon" jamoasi ham buni ko‘rib, tushunib turibdi. Ko‘rdinglar, maydonning ayrim qismlarida maysalar ko‘chib ketayapti. Stadionda juda ko‘plab insonlar mehnat qilishayapti, buni ham tushunish kerak. Men bu boradagi o‘z fikrimni bildirdim.

- Legioner futbolchilar Jigauri va Chavesning o‘yinlariga qanday baho berasiz? Shuningdek, Jambuli debyut o‘yindayoq qizil kartochka oldi, munosabatingiz qanday?

- Jigauri ertaroq safimizga qo‘shilgandi. O‘rtoqlik o‘yinlarida jamoamizga moslashdi, qo‘shilib ketdi. Shu bois hech ikkilanmay uni maydonga tushirdik. Chaves kechroq keldi, albatta unga adaptatsiya uchun bir oz vaqt kerak.

Qizil kartochka bo‘yicha Jigauri bilan gaplashdim. U provakatsiyaga uchraganini aytayapti. Xaqorat qilgani uchun javob berganini bildirdi. Bilasizlar, gruzin futbolchilar qiziqqon bo‘lishadi.

- Tarkibga yana futbolchi jalb etish rejasi bormi?

- Albatta, transfer oynasi yopilguniga qadar kamida bir nafar yangi futbolchi transferini amalga oshiramiz. Bizda hujumkor yangi futbolchi jalb etish orqali hujum chizig‘imizni yanada kuchaytirish rejasi bor.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Maydon maysasi o‘yinga to‘liq tayyor emasligini barcha ko‘rdi"
ePN