Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi bahslari start oldi. Bugun kun davomida 4 nafar hamyurtimiz o‘yin o‘tkazdi.
Unda vakillarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Shamsiddin Vohidov - Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) 0,5:0,5
Javohir Sindarov - Deng Kipriano Rean (JAR) 1:0
Nodirbek Yakubboyev - Malek Koniaxli (Misr) 1:0
Nilufar Yakubboyeva - Yeva Repkova (Slovakiya) 0,5:0,5
Nodirbek Abdusattorov reytingi yuqoriligi sabab, bahslarni 2-bosqichdan boshlaydi. U bugun Boku shahriga yetib bordi.
Ertaga 1-bosqich doirasida 2-partiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Agar 2-partiya yakunlariga ko‘ra g‘olib aniqlanmasa, 1 avgust kuni tay-brek o‘ynaladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing