07:38 / 01.08.2023
123

Shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi. Kechagi bahslarda 4 nafar shaxmatchimiz o‘z o‘yinini o‘tkazdi

Foto: Shaxmat federatsiyasi

Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi bahslari start oldi.

Musobaqa doirasida to‘rt nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ilk bosqichdan o‘z ishtirokini boshladi. Unga ko‘ra, Javohir Sindorov va Nodirbek Yoqubboyev g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shamsiddin Vohidov esa durang natija qayd etdi. Shu tariqa Vohidov 1-avgust kuni tay-brekda o‘yin o‘tkazadi. Nilufar Yoqubboyev esa slovakiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Nodirbek Abdusattorov reytingi yuqoriligi sababli, musobaqadagi ishtirokini 2-bosqichdan boshlaydi.

31 iyul kungi bahslarda qayd etilgan natijalar:

  • Javohir Sindorov - Deng Kipriano Rean (JAR) 2:0
  • Nodirbek Yoqubboyev - Malek Koniaxli (Misr) 2:0
  • Shamsiddin Vohidov - Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) 1:1
  • Nilufar Yoqubboyeva - Yeva Repkova (Slovakiya) 0,5:1,5

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi. Kechagi bahslarda 4 nafar shaxmatchimiz o‘z o‘yinini o‘tkazdi