13:28 / 01.08.2023
524

"Jenoa" terma jamoamizning yana bir yetakchisini Italiyaga olib kelmoqchi!

"Jenoa" terma jamoamizning yana bir yetakchisini Italiyaga olib kelmoqchi!

Italiyaning "Jenoa" klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Otabek Shukurovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Sport Italia" nashri xabar berdi.

A Seriyaga qaytgan genuyaliklar tarkibni kuchaytirish maqsadida yarim himoyachimizni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu klubga ayni damda Alberto Jilardino bosh murabbiylik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shukurov 2022 yilning 27 iyulidan beri Turkiya Superligasining "Fotih Karagyumryuk" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum futbolchimiz turk chempionatining 28 o‘yinida bittadan gol va assistga mualliflik qilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" terma jamoamizning yana bir yetakchisini Italiyaga olib kelmoqchi!