Lionel Messi terma jamoaga qaytadigan ko‘rinadi

Amerika Kubogi–2016 musobaqasi finalida Chiliga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan Argentina terma jamoasining etakchisi Lionel Messi mamlakat terma jamoasidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgandi. Bu haqda "Fut.uz" xabar bermoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi tez orada termaga qaytadi. Uning qaytishini Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi ko‘ndirgan. Ammo u kim ekanligini oshkor qilmaslikni so‘ragan.
“Messi albatta terma jamoaga qaytadi. Leo JCh–2018 da jahon chempionligi uchun maydonga tushadi, – dedi Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi tarkibida 113 o‘yin o‘tkazib, 55 ta gol kiritgan. U mamlakat terma jamoasining eng yaxshi to‘purari sanaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing