date
views 186

APL. 1-turda “Manchester Siti” raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi, Holanddan dubl

APL. 1-turda “Manchester Siti” raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi, Holanddan dubl

Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 1-turida “Manchester Siti” 11 avgust, juma kuni “Byornli”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv “shaharliklar”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 4-daqiqadayoq Erling Holand hisobni ochdi. 36-daqiqada Holand dublni rasmiyilashtirdi. 75-daqiqada esa Rodri ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari 2023/24 yilgi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

“Byornli” — “Manchester Siti” 0:3

Gollar: 0:1 – 4 Holand, 0:2 – 36 Holand, 0:3 – 75 Rodri.

“Byornli”: Trafford, Roberts, O‘Shi, Bayer (Benson, 74), Al-Daxil, Vitino, Koliosho (Bruun Larsen, 61), Kallen, Berge (Braunxill, 90), Amduni (Zaruri, 61), Foster (Redmond, 90).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker (Makati, 90), Ake (Laport, 79), Akanji, Lyuis (Gvardiol, 79), de Bryuyne (Kovachich, 23), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Holand (Palmer, 80), Alvares.

Ogohlantirish: Gvardiola (75).

Chetlatish: Zaruri (90).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. 1-turda “Manchester Siti” raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi, Holanddan dubl