Entoni Joshua Robert Heleniusni chuqur nokautga uchratdi. Asosiy janglar natijalari

Entoni Joshua Robert Heleniusni chuqur nokautga uchratdi. Asosiy janglar natijalari
Entoni Joshua Robert Heleniusni chuqur nokautga uchratdi. Asosiy janglar natijalari
Foto: Getty Images

Super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua 12-avgust kuni Londonda Robert Heleniusga qarshi jang qildi.

Londonning O2 arenasi mezbonlik qilgan oqshomda Joshua Heleniusni 7-raundda muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, Robert Helenius ushbu turnirda doping-testdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan Dillian Uaytning o‘rnini egallagandi.

Turnirning asosiy janglari natijalari: 

  • Entoni Joshua (26-3) Robert Heleniusni (32-5) yettinchi raundda nokautga uchratdi;
  • Derek Chisora (34-13) hakamlar qaroriga ko‘ra Jerald Vashington (20-6-1) ustidan g‘alaba qozondi;
  • Filip Hrgovich (16-0) o‘n ikkinchi raundda Demsi Makkinni (22-1) texnik nokautga uchratdi;
  • Jonni Fisher (10-0) Garri Armstrongni (5-2-1) yettinchi raundda texnik nokautga uchratdi;
  • Kempbel Hatton (13-0) Tom Ansellni (10-5) mag‘lub etdi. 
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar