Messi penaltidan tepa olmagan to‘p sotilmoqda

Lionel Messining Amerika kubogi finalida Chili terma jamoasi darvozasiga urolmagan to‘pi 27 ming evro evaziga sotilishi mumkin. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Penaltilar seriyasi Messi tomonidan tepilgan to‘p darvoza ustuni yuqorisidan o‘tib ketgan edi. Koptok chililik ishqiboz Pedro Vaskes tomonidan tutib olingan. U to‘pning o‘g‘irlanishidan qo‘rqib, uni sotishni xohlamoqda.
Vaskesning so‘zlariga ko‘ra, to‘pni sotib olish yuzasidan unga ko‘plab takliflar tushmoqda. Ular ichida eng yuqori narx 27 ming evroni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Amerika kubogi-2016”dagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Lionel Messi Argentina terma jamoasidan ketishi haqida e’lon qilgan edi. Leo jamoasi bilan to‘rtinchi marta finalda mag‘lub bo‘ldi.
[media=https://youtu.be/VdyObb8zTr0] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing