date
views 196

Neymar faoliyati davomida transferiga eng ko‘p pul to‘langan futbolchiga aylandi

Neymar faoliyati davomida transferiga eng ko‘p pul to‘langan futbolchiga aylandi

Neymar faoliyati davomida transferiga eng ko‘p pul to‘langan futbolchiga aylandi.

Braziliyalik futbolchi “PSJ”dan “Al-Hilol”ga o‘tdi. Futbolchining transfer bahosi 90 million yevroligi xabar qilingan.

Parijliklar 2017 yilda Neymarni “Barselona”dan 222 million yevroga xarid qilgan. Kataloniyaliklar esa futbolchi uchun “Santos”ga 88 million yevro to‘lagan.

Faoliyati davomida Neymar uchun 400 million to‘langan — bu jahon rekordi. Braziliyalik bu borada Romelu Lukakuni (“Chelsi”) ortda qoldirdi. Belgiyalik futbolchi uchun umumiy 333,36 million yevro sarflangan.

Kuchli uchlikni esa Krishtianu Ronaldu (247 million yevro) yakunlab bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar faoliyati davomida transferiga eng ko‘p pul to‘langan futbolchiga aylandi