Angliya futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga Sarina Vigman nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Angliya ayollar terma jamoasini muvaffaqiyatli boshqarayotgan bu mutaxassis kelajakda Garet Sautgeyt o‘rnini egallashi kutilyapti. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi ijrochi direktori Mark Bullingem ma’lumot berdi.
- Nega Angliya milliy terma jamoasini faqat erkak kishi boshqarishi kerak? Biz bu savolga doim bir xil javob berib “Bu ish uchun aynan mana shu kishi mos”, deymiz. Biz hozir Sarina o‘z ishini juda yaxshi uddalayapti, deb hisoblaymiz va buni uzoq muddat davom ettirishiga umid qilamiz.
Sarina futbol olamida istaganini qila oladi. Agar kelajakda erkaklar futboliga o‘tsa, bu juda yaxshi qaror bo‘ladi. Men futbol ayol murabbiylarning yuqori darajada ishlashi borasida boshqa sport turlaridan ortda qolayotganiga qo‘shilaman. Bu holat o‘zgarishi kerak.
Sarina ayollar jamoasi bilan juda muvaffaqiyatli ishlayapti. Biz erkaklar jamoasi hammasidan ustun, degan gaplarga qarshimiz. Agar mamlakatimiz bosh jamoasini boshqarish uchun vakansiya paydo bo‘lsa, erkakmi yo ayol, bu ishni eng yaxshi uddalaydiganini tanlaymiz, - dedi Bullingem.