date
views 201

Ro‘ziqul Berdiyev: "Hujumda mahorat yetishmayapti"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Hujumda mahorat yetishmayapti"

"Nasaf" hamda "Qizilqum" o‘rtasidagi Superliganing 17-tur o‘yinidan (0:0) so‘ng mezbon jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: "Natija biz kutgandek bo‘lmadi. Raqib yaxshi himoyalandi. Raqib himoyasini yorib o‘tishga deyarli imkoniyat topa olmadik. Ba’zi vaziyatlarda omad yetishmadi, to‘p to‘singa tegdi, darvozabon seyv ijro etdi. Natija - qoniqarsiz. Keyingi bahsga bugundan tayyorgarlik ko‘rishni boshladik".

- Jamoa nega ochkolarni yo‘qotyapti? Bu ruhiy holatga bog‘liqmi yoki ichki muhit yomonmi?

- Har bir bahsda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ichki muhitda muammolar yo‘q. Shoshasiz, o‘yiningiz chiqmaydi va bu ruhiyatga ta’sir qiladi. Asosiy sabablardan biri - hujumda mahorat yetishmayapti.

- Legionerlar olganmiz. Turdan-turga ularning o‘yinida ijobiy o‘zgarish bo‘lishi kerak. Qachongacha ularning ko‘nikishini kutamiz?

- Buni ustida ko‘p ishlayapmiz. Ularni jamoa yaxshi qabul qildi. Biroq hozircha hujumda mahorat yetishmayapti.

- Oldinda Superkubok bahsi bor. Bu uchrashuv oson kechmaslgi aniq.

- Bu nafaqat biz, balki raqib uchun ham oson bo‘lmaydi. So‘nggi natijalarga qaraydigan bo‘lsak, ularga qarshi bahslarda yaxshi harakat qilyapmiz. Natija ijobiy bo‘ladi deb o‘ylayman.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Hujumda mahorat yetishmayapti"
-->