00:21 / 20.08.2023
531

Shomurodov birinchi turda o‘ynaydimi?

Shomurodov birinchi turda o‘ynaydimi?

A Seriyaning birinchi turida Eldor Shomurodovning “Kalyari”si Turin shahrida “Torino” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Sardiniya klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri chempionatning ilk bahsi oldidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumki, “Kalyari” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, yuqori divizionga qaytdi. Klaudio Ranerining asosiy vazifasi jamoani A Seriyada saqlab qolish hisoblanadi.

Jamoa haqida

Men jamoamning “Palermo”ga qarshi uchrashuvidagi o‘yinida ko‘rganlarim, albatta, foydadan xoli emas. Biroq, Turindagi bahs umuman boshqacha bo‘ladi. Chempionat boshida raqib haqidagi ma’lumotlar kam bo‘ladi va shuning uchun ham o‘yinda qanday taktika qo‘llash va qaysi sxemalardan foydalanishni o‘ylab ko‘ramiz.

Har ikki jamoa tarkibida 11 tadan futbolchi maydonda kurashadi. Biz esa, o‘z imkoniyatlarimizdan imkon qadar unumli foydalanib qolishimiz kerak.

A Seriyaga qaytish haqida

Bu har doim hissiyotlarni jumbushga keltiradi. Ayniqsa, “Kalyari” uchun bu o‘ziga xos holat. Qanchalar hayajonlanmay, buni ichimda saqlab turaman. Biz oldinga qarab harakat qilishimiz lozim, ortga termulishdan foyda yo‘q. Men jamoamning katta ishtiyoq bilan kurashishini ko‘rmoqchiman. Biz uchun tarixning yangi sahifasi ochildi.

Futbolchilar haqida

Yakub Yankto jarohatidan qutilib, yana safimizga qaytdi. Bu futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlarida qattiq mehnat qildi va hozir u deyarli 100 foiz tayyor holatga keldi.

Ibrohim Sulemana ko‘zimn quvontirmoqda. Klub rahbariyati uni olish imkoniyati borligini aytganida men darrov rozilik berdim. Bu futbolchi oddiy, lekin juda samarali o‘ynay oladi. Bizga shunaqa futbolchi kerak edi.

Eldor Shomurodov ahvoli juda yaxshi. Legionerimiz uchrashuvga tayyor. Biroq, uchrashuvning qaysi qismida undan foydalanishni o‘zim hal qilaman. Shomurodovning tarkibimizda borligi menga qo‘shimcha imkoniyatlarni kafolatlaydi.

Matteo Pratida maydonni yaxshi ko‘ra olish qobiliyati bor. Uning SPAL jamoasida ko‘rsatgan  o‘yini menga juda yoqdi.  De Rossiga telefon qilib, bu futbolchi haqida ma’lumot oldim. Bunaqa sifatlarga ega o‘yinchi avval jamoamizda bo‘lmagan.

Umuman olganda, jamoamda universal o‘yinchilar bor. Ular bir necha rolni bajara oladi. Bu murabbiylar shtabiga o‘yin davomida taktikalarni o‘zgartirish imkonini beradi. Men tarkibdan mamnunman.

Raqib haqida

Biz chempionatni o‘tgan mavsumda musobaqa jadvalining o‘rtasidan o‘rin olgan kuchli jamoaga qarshi boshlashimizga to‘g‘ri kelmoqda. “Torino” futbolchilari bir-birini juda yaxshi tushunadi va ularning tajribali murabbiyi bor. U jamoaga sifatli o‘yinchilarni olib keldi. Biz raqibga hurmat bilan qaraymiz va o‘yinda kurashish kerakligini bilamiz. Har ikki jamoa bir-biriga qiyinchilik tug‘dirishga harakat qiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov birinchi turda o‘ynaydimi?