Maradona: Bugun Ronalduda oxirgi imkon bo‘ladi

Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Maradona Evro-2016 finali haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.
"Bunaqa o‘yinlarda taktika hech narsani hal qilmaydi, muhimi kayfiyat va o‘yinga bo‘lgan e’tibor-xohishda. Bugun Ronaldu uchun terma jamoasi safidagi oxirgi imkoniyat bo‘ladi. Fransiya uni to‘xtaishga harakat qilsa, Portugaliya Grizmanni ushlash haqida o‘ylaydi.
Umuman olganda, Fransiyada Portugaliyaga bosim o‘tkazish uchun yarim himoya va hujumda etarlicha futbolchilar bor. Bu ular uchun imkon bo‘ladi", - deydi Maradona. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing