“Manchester Yunayted” tajovuz va zo‘ravonlikda ayblanib, bir muddat futboldan uzoqda yurgan Meyson Grinvudni jamoaga qaytarmaslikka qaror qilganidan keyin hujumchi o‘ziga yangi ish joyi qidirishga majbur bo‘lyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Meyson Grinvud oldida Saudiya Arabistoni varianti paydo bo‘lgan. Biroq, hujumchi bu mamlakatga bormoqchi emas.
Mail Sport nashrining yozishicha, Meyson Grinvud “Manchester Yunayted”da Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyatga borgan. Ayni paytda portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistonida “An-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilyapti.
Krishtianu Ronaldu Yevropa yulduzlariga ushbu ligaga yo‘l ochib bergan o‘yinchi hisoblanadi. O‘tgan yili dekabrda “An-Nasr” Ronalduni transfer qilganidan keyin mashhur futbolchilar birin-ketin Saudiya klublariga o‘ta boshladi.
Meyson Grinvud va Krishtianu Ronalduning o‘rtasidagi ziddiyatga angliyalik hujumchi “portugaliyalik yulduzning faoliyati o‘ldi”, degani sabab bo‘lgan. Grinvud o‘sha voqea tufayli Ronaldu uning Saudiya Arabistoniga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan xavotirda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!