“Liverpul”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh tez orada Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Nufuzli nashrlardan beIN Sports vakillarining ma’lum qilishicha, misrlik hujumchi “Al-ttihod” jamoasi taklifini qabul qilgan.
Manbaga ko‘ra, bu transferning amalga oshishi “Liverpul” rahbariyatiga bog‘liq bo‘lib turibdi. Agar ular saudiyaliklar taklifini qabul qilsa, Saloh Saudiya Arabistoni chempionatida eng katta maosh oladigan yulduzga aylanadi.
“Al-Ittihod” tajribali futbolchiga Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema olayotgan 200 million yevro miqdoridagi yillik maoshdan ko‘p mablag‘ taklif qilgan.
Ayni paytda “Al-Ittihod” mutasaddilari “Liverpul”ga rasmiy taklif tayyorlayapti. Ular badal puli miqdorini 90 million yevroga baholagan.