21:58 / 26.08.2023
285

Vitaliy Levchenko: "OKMKga OCHLda yuqori natijalarga erishishini tilayman"

Vitaliy Levchenko: "OKMKga OCHLda yuqori natijalarga erishishini tilayman"

OKMK – “Neftchi” (1:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun biz yaxshi va sifatli o‘yin tashkil qildik. Hujumlar uyushtirdik. To‘g‘ri, uchrashuv oxirida omad bizdan biroz yuz o‘girdi. Ammo, baribir ko‘zlagan maqsadga erishdik, deb o‘ylayman.

Uchrashuvga ko‘rgan tayyorgarligimiz o‘z natijasini berdi. Nimani ko‘zlagan bo‘lsak, rejamiz bo‘yicha barchasi davom etdi. Albatta, kerakli golni urganimiz ajoyib bo‘ldi. O‘ylagan rejalarimizning deyarli barchasi amalga oshdi.

Albatta, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Kim yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, natija o‘sha tomonda bo‘ladi. Raqib ham yaxshi harakat qildi. O‘z navbatida OKMKni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabriklayman. Bugungi raqibimizga OCHLda yaxshi qatnashishini, yuqori natijalarga erishishini hamda ko‘proq muvaffaqiyatlar qozonishini tilab qolaman.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "OKMKga OCHLda yuqori natijalarga erishishini tilayman"