Pelle Xitoyda 2,5 yil davomida 40 million yevro ishlab topadi


“Sautgempton” jamoasi hujumchisi Gratsiano Pelle faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. U “Shandon Lunen” klubi bilan shartnoma tuzdi, deb xabar beradi “Championat.com”.
Pelle Xitoy jamoasi bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu vaqt ichida futbolchi 40 million yevro miqdorida daromad ishlab topadigan bo‘ldi. Futbolchi oldida qator variantlar yuzaga kelgandi. Shunga qaramay, u chin yurtidan tushgan mo‘may taklifni qabul qildi.
O‘tgan mavsumda futbolchi APL bahslarida 30ta o‘yindan ishtirok etib, 11 marotaba gol urgandi.






























Izohlar 0
…