Prof boksning og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (13-0, 13 KO) o‘zining navbatdagi jangini nigeriyalik Onoriode Ehvariyemega (20-3, 19 KO) qarshi o‘tkazdi.
Jang 1-raunddayoq tugadi. Bahodir raqibini avvaliga 2 marta nokdaunga tushirdi. Navbatdagi kuchli zarbadan so‘ng hakam nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Bahodir Jalolov prof ringdagi 13-g‘alabasini 13-nokaut bilan nishonladi.
Bu Bahodirning Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ilk jangi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar