Mirjalol Qosimov: "Sanjar Tursunov maydonni qarsaq chalib tark etayotgan edi, xolos"

Sport1 daqiqa o'qish674
Mirjalol Qosimov: "Sanjar Tursunov maydonni qarsaq chalib tark etayotgan edi, xolos"

Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvidan so‘ng OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

- O‘yinni hamma ko‘rdi. Jangavor o‘yin bo‘ldi. Namanganda o‘ynash har doim qiyin. Durangga loyiq edik. Bugungi uchrashuv tarixga aylandi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

- Bugun OKMK jamoasi ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochkoni qo‘lga kiritdimi?

- Bu qaysi taraflama baholashga bog‘liq. To‘g‘ri, biz har doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Lekin har doim maqsadga erishish imkonsiz. Rus maqoli borku: "biz maqsad qilamiz, Xudo amalga oshiradi". Bugun durang bo‘lishi kerak bo‘lgan ekan va shunday natija bo‘ldi. Qiyin uchrashuv bo‘ldi. Lekin bir ochko Afrikada ham bir ochko.

- Jamoa sovrinli o‘rinlarga kurashishda davom etadimi?

- Albatta, hali hech narsa yo‘qotmadik. Oldindan aniq bir nima demayman. Lekin bizda imkoniyat bor va biz undan foydalanishimiz kerak. Mavsum so‘ngida esa natijaga baho beramiz.

- Sanjar Tursunov maydonni tark etayotgan vaqti nima ro‘y berdi. O‘sha vaziyatga izoh berib o‘tsangiz

- Sanjar maydonni qarsak chalib tark ketayotgan edi va bu normal holat. O‘zbekistonda ashaddiy futbol muxlislari ko‘p va eng ashaddiy muxlislar Namanganda. Shu sabab biroz tushunmovchilik bo‘ldi. Shaxsiy fikrimga ko‘ra, Sanjar hech qanday yomon ish qilmadi. Ammo uning harakatlari ayrim bir muxlislarga yoqmadi. Bu oddiy holat va futbolda bo‘lib turadi.

- OCHL guruh bosqichidagi raqiblar haqida fikr bildirib o‘tsangiz?

- Biroz nafas rostlab olaylik(kulib). Osiyo chempionlar ligasida kuchsiz jamoa yo‘q. Barcha raqiblar xavfli. Eron, Saudiya va Iroq jamoalari bilan to‘qnash kelamiz. Hozirgi asosiy vazifamiz keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish. Bizni oldinda kubok bahsi kutib turibdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?