Ro‘ziqul Berdiyev: "Turon" qarshi hujum va pozitsion himoyada yaxshi harakat qilmoqda"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Turon" qarshi hujum va pozitsion himoyada yaxshi harakat qilmoqda"

"Turon" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi chorak final uchrashuvidan (1:2) so‘ng mehmon jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: "G‘alabaga erishdik, biroq bu oson bo‘lmadi, juda qiynaldik. Ketma-ket ikkinchi bahs "Turon" maydonida katta muammolarga duch kelyapmiz. Chunki bu jamoa qarshi hujum va pozitsion himoyada yaxshi harakat qilmoqda. Bizga kam hudud qoldiryapti. Yigitlarimiz iroda ko‘rsatishdi. Futbolchilarimizning ishtiyoqi va ba’zi o‘zgarishlar g‘alabamizni ta’minladi."

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar