22:14 / 02.09.2023
181

Yorqin Nazarov: "Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi"

Yorqin Nazarov: "Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi"

"Turon" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi chorak final uchrashuvidan (1:2) so‘ng mezbon jamoa ustozi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yorqin Nazarov: "Bugungi bahsda yigitlarga e’tiroz bildira olmayman. Ular borini berib harakat qilishdi. Deyarli har o‘yin tarkibimizda yoshlar debyut qilishmoqda. Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi. Keyingi bahslarga yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz".

- Bugun 88-raqamdagi Sardor Sadullayev ilk bor asosiy tarkibda o‘ynadi, u haqida qanday fikrdasiz?

- Yaxshi fikrdaman. Har doim takrorlayman, kim o‘zini ko‘rsata olsa, o‘sha maydonga tushaveradi. Sadullayev ishonchni oqladi. Uning bugungi o‘yinidan mamnunman.

- Yorqin Nazarov SSSR chempionatida "Paxtakor" tarkibida o‘ynab, gol urgan ekan. Shu haqida ma’lumot berishingizni muxlislar so‘rashgan ekan.

- To‘g‘ri, "Paxtakor" safida oxirgi chempionatda men va Valeriy Kechinov zaxirada edik. O‘sha payt o‘smir edik. Sobiq Ittifoq chemionatida o‘ynadim, Kechinov bilan birga 18 yoshda O‘zbekiston chempioni bo‘lganmiz. O‘smirligimizga qaramay, jamoaning deyarli barcha bahslarida maydonga tushganmiz. Birinchi golimni "Metallurg"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib urganman. O‘sha payt tarkibda Gennadiy Denisov, Igor Shkvirin, Xoren Oganesyan, Mirjalol Qosimov kabi yulduzlar bo‘lardi. "Paxtakor" safida ikki marta O‘zbekiston chempioni va ikki marta Kubok sohibi bo‘lganman.

- Abega bugun o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi, nega uni almashtirmadingiz?

- Asosiy tarkibda maydonga tushganlar asosan "qora" ishni bajarishlari kerak edi, ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirishni reja qilgandik. Ekstra taymlar bo‘lishini o‘ylab, o‘zgarish qilmayotgandik, biroq so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yubordik.

- Jamoa ikki o‘yindan beri so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuboryapti. Buning ustida ishlanadimi?

- "Turon"ning jismoniy holatida muammo bor, oxirgi daqiqalarda kuch yetmay qolyapti, buning ustida ishlaymiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yorqin Nazarov: "Yosh yigitlar grand jamoaga qarshi munosib harakat qilishdi"