Konor jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi!

Konor jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi!

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor 20 yil deganda jiu-jitsuda qora belbog‘ga ega chiqdi. Mazkur natijani quyidagi so‘zlar bilan ifodaladi:

"20 yillik mashaqqatli mehnat samarasi! Bu belbog‘ni murabbiyim va do‘stim Jon Kavananing qo‘lidan qabul qilib olish katta sharaf.

Bunday natijaga erishish yo‘lida men bilan birga bo‘lgan Jon Kavana va barcha yaqin do‘stlarimga katta rahmat. Endi menda Braziliya jiu-jitsusida qora belbog‘ bor!", deya Twitter'da post joyladi Konor Makgregor.

Konor jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibiga aylandi!

Oldinroq, UFC prezidenti Dana Uayt Konor keyingi jangini Maykl Chendlerga qarshi o‘tkazishi mumkinligini aytgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar