date
views 579

O‘zbekiston MTJning AQSH safaridagi muammolar, Katanetsning nega qolib ketgani haqida - Davron Fayziyev

O‘zbekiston MTJning AQSH safaridagi muammolar, Katanetsning nega qolib ketgani haqida - Davron Fayziyev

Bir necha kundan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSH safari oldidan yuzaga kelgan muammolar ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Terma jamoaning Toshkentdan uchgan vakillari kechikkani, yuklarning almashib qolishi va bosh murabbiy Srechko Katanetsning AQSHga yo‘l olmagani borasida O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida shaxsiy qarashlarini bayon etdi.

- Terma jamoa va kechikishlar haqida bir qancha postlarga ko‘zim tushdi. Bunday vaziyatlar fors-major, ya’ni favqulotda holatlar qatoriga kiradi. Birinchi reys bir necha soat kechikishi, texnik sabab, bunga hech kim aralasha olmaydi.

Keyingi kuniga xorijiy aviakompaniya yuklarni jamoadan qabul qilib olsada ularni adashib manzilga vaqtida yetkazmaganligi, aynan shu kompaniya vakillari xatosi.

Katanes masalasi. Unda viza bor, qandaydir muammosi bo‘lganda viza berilmasdi. Qolaversa u Yevropa mamlakati fuqarosi. O‘zbekiston bilan bog‘liq sabab yo‘q. Lekin aynan AQSHga uchish oldidan uni qo‘shimcha tekshiruv uchun ushlab qolishdi. Katta ehtimol bizga kelishdan avvalgi ish joylaridagi faoliyati tekshirilgan bo‘lsa kerak.

Aviatsiya bilan bog‘liq holatlarda barcha birdek tartibga bo‘ysinadi. Jamoa vakillarining ishi barcha delegatsiya a’zolarining hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, vaqtida geytlarga yetib kelish, yuklarni belgilangan tartibda topshirish. Jamoa bularning hammasini bajardi.

Sportda fors-majorlar uchrab turadi. Xavida ham AQSH vizasi muammosi bo‘lgandi. Osiyodagi faoliyati bilan bog‘liq undayam. Mana, kuni kecha Ispaniya terma jamoasi yuklari kechikibdi. Esingizda bo‘lsa Xabib dunyoning eng kuchli jangchisi bo‘lganda ham uning otasi AQSH vizasini ololmagan. Bunday qiyinchiliklarni o‘ylab okean ortiga bormaslik, raqiblar geografiyasini kengaytirmaslik, kuchlilar bilan uchrashishdan tiyilish to‘g‘ri emas menimcha. Hatto yutqazish ehtimoli katta bo‘lgan taqdirda ham. Argentina, Braziliya deyarli to‘liq tarkib bilan qizg‘in mavsum o‘rtasida, har FIFA kunlarida uzoq safarlar qilishadi. Futbolning ajralmas qismi, - dedi Davron Fayziyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning AQSH safaridagi muammolar, Katanetsning nega qolib ketgani haqida - Davron Fayziyev
-->