07:00 / 10.09.2023
193

Tebas Saudiya ligasi haqida: "Ular Yevropa futboli uchun TOP 10 xavfga kirmaydi"

Tebas Saudiya ligasi haqida: "Ular Yevropa futboli uchun TOP 10 xavfga kirmaydi"

LaLiga prezidenti Xaver Tebasning fikricha, Saudiya Arabistoni ligasi Yevropa futboli uchun xavf tug‘dirmaydi.

"Men davlatning klublaridan havotirdaman, chunki ular bizning klublar bilan raqobatlasha oladi, ammo Saudiya - yo‘q. Ligalar futbolchilar bilan qurilmaydi. Xitoy va MLS harakat qilishdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi.

Ko‘p asrli klublar va o‘n yillar davomida o‘tkazilayotgan musobaqalar esa Yevropani futbol olamida eng yirik hududga aylantiradi. Futbolchi davri qisqa, klubniki yo‘q. Agar ular o‘sishni xohlashsa, ular o‘z klublari va musobaqalari ustida ishlashlari kerak.

Ligamizni ijtimoiy tarmoqlarda 200 mln.dan ortiq inson kuzatadi, Saudiya Arabistoniga bunday natija uchun ancha vaqt kerak. Ulardan havotirda emasmiz. Ular Yevropa futboli uchun top 10 xavflarga kirmaydi, ular noto‘g‘ri yo‘lda" - deydi LaLiga prezidenti.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tebas Saudiya ligasi haqida: "Ular Yevropa futboli uchun TOP 10 xavfga kirmaydi"