Hozirgina Saudiya Arabistonida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish bahslari yakunlandi.
Unda hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 226 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 227 kg natija ko‘rsatgan Ruslan Nuriddinov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ikki kurash yakunlariga ko‘ra Akbar Jo‘rayev 415 kg natija bilan ikkinchi oltinga ega chiqdi, Ruslan Nuriddinov esa 407 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, Akbar Jo‘rayev aynan Ruslan Nuriddinovdan so‘ng ikki karra jahon chempioni bo‘lgan ilk og‘ir atletikachi sifatida o‘zbek sporti tarixiga kirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar