Superliganing 19-turi doirasidagi "Nasaf" - "Bunyodkor" bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Natija biz kutgandek bo‘lmadi. “Bunyodkor”ning rejasi bo‘yicha o‘yin ketdi. Holatimiz yomonligini bilardik. Tarkibda muammolar bilan chiqdik. Shunga qaramasdan vaziyatlar yarata oldik. Lekin o‘z maydonimizda gol urishga juda qiynalyapmiz. Natija ham shuni ko‘rsatib turibdi. Yigitlarga katta e’tirozimiz yo‘g‘-u, hujum chizig‘ida futbolchilarimiz yaxshiroq harakat qilishlari kerak edi. Futbolda shunaqa, agar gol ura olmasang natija qilish qiyin. Biz gol urolmadik, hammasi “Bunyodkor”ning rejasi bo‘yicha ketdi. “Bunyodkor” bizni toliqishimizni kutdi va qarshi hujumda bundan unumli foydalandi.
- O‘yin qaydnomasida Umar Eshmurodov ko‘rinmadi.
- Umarni betobligi uchun qaydnomaga ham kirita olmadik. Bu biz uchun yo‘qotish bo‘ldi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!