Italiya A Seriyasining beshinchi turida “Kalyari” futbolchilari Bergamoda “Atalanta” mehmoni bo‘ldi.
Bu uchrashuvda Eldor Shomurodov ilk bor boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Bungacha Leonardo Pavolettining betoblik tufayli uchrashuvda qatnasha olmagani va o‘tgan turda Shomurodov ancha ishonchli harakat qilgani sabab bo‘ldi.
“Atalanta” bellashuvda sardiniyaliklardan ancha ustun ekanini namoyish qildi. Bu natijada ham o‘z aksini topdi – 2:0.
“Kalyari” o‘yinlarini yoritib borayotgan https://www.cagliarinews24.com sayti ekspertlari jamoa vakillarining harakatlarini quyidagicha baholadi.
Boris RADUNOVICh 6:
Birinchi bo‘lisda Rujerining zarbasini qaytarib, jamoasini goldan saqlab qoldi. Biroq mezbonlar birinchi to‘pni kiritgan vaziyatda yana seyv qilishi mumkin edi.
Alberto DOSSENA 5:
Raqib futbolchisi Lukmen Dossenani ancha qiynadi. “Kalyari” vakili himoyalanishda etarli darajada ishonchli o‘ynay olmadi.
Pantelis XATsIDIAKOS 5:
Gretsiyalik o‘yinchi ham raqib hujumchilariga kutilgan darajada qarshilik ko‘rsata olmadi. 64-daqiqada o‘rnini Tommazo Aujelloga bo‘shatib berdi.
Tommazo AUJELLO 6:
Ancha ishonchli o‘ynadi. Maydon markazida ustunlikni jamoasiga olib berishga harakat qildi.
Adam OBERT 5.5:
Bu futbolchi ham raqib hujumchilarini qaytarishda ancha qiynaldi.
Naytan NANDES 6:
O‘z qanotidan tashqari, markazda ham himoyani ushlashga yordam berdi. Faol o‘ynadi, lekin bu jamoaga yordam bermadi.
Ibrohim SULEMANA 5.5:
Bu o‘yinchi ko‘p yugurdi, bo‘sh zonalarni yopishga harakat qildi, biroq raqibning ustunligini bartaraf eta olmadi.
Nikolas Viola 6:
64-daqiqada Sulemanani alishtirgan Viola yarim himoyada ancha tartibli o‘ynadi, hujumga yordam berishga harakat qildi.
Antuan MAKUMBU 5:
To‘pni o‘zida juda ko‘p ushlab turishga urindi. Shunga yarasha ko‘p marta to‘pni raqibga oldirib qo‘ydi.
Alessandro DEYOLA 5:
Deyola o‘yinda ko‘rinmay qoldi. Shu bois, murabbiylar shtabi tanaffusdan keyin uni o‘yinga tushirmadi.
Gabriele DZAPPA 6:
Ikkinchi bo‘limda Deyola o‘rniga maydonga tushgan futbolchi jamoaning hujum salohiyatini ancha oshirdi.
Paulo ATsTsI 5:
Atstsiga qarshi o‘ynagan mezbonlar futbolchisi Davide Dzappakosta uning oldigga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi. Atstsini himoyaga qamab qo‘ydi.
Gajtano ORISTANIO 6:
78-daqiqada Atstsining o‘rnini egallagan Oristanio gol urishga yaqin kelgandi. Uning zarbasi darvoza to‘siniga tegdi.
Zito LUVUMBO 6.5:
Har doimgidek raqib himoya chizig‘iga xavf soldi. Biroq harakatchan hujumchi ham darvozaga yo‘l topa olmadi.
Eldor ShOMURODOV 5.5:
Shomurodovda o‘zini ko‘rsatib, gol urish uchun ikkita vaziyat bo‘lgandi. Legioner ulardan foydalana olmadi. Ko‘p va yaxshi harakat qildi. Biroq bular gol urish uchun etarli bo‘lmadi. O‘rnini 78-daqiqada jarohatdan qutilgan Andrea Petanyaga bo‘shatib berdi.
Andrea PETANЬYa 6:
O‘yinga juda yaxshi qo‘shildi. Jamoadoshlariga faolligi bilan o‘rnak bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!