Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Mo‘g‘uliston darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Mo‘g‘uliston darvozasiga javobsiz 6 ta to‘p kiritdi

Osiyo o‘yinlari doirasidagi ayollar futboli bo‘yicha Mo‘g‘uliston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz yirik 6:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvda gollarga Aziza Norboyeva, Shohida Tojiddinova, Maftuna Shoyimova, Diyora Habibullayeva (dubl) va Nilufar Qudratova mualliflik qildi. Mo‘g‘uliston terma jamoasi bu o‘yinda maydonni golsiz tark etdi.

Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz navbatdagi bahsni 28 sentyabr kuni o‘tkazadi. Unda vakilalarimizga mezbon Xitoy termasi raqiblik qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar