Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Osiyo o‘yinlari doirasidagi shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov vetnamlik Tuan Leiga qarshi dona surdi. Qiziqarli kechgan bahsda vakilimiz g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz 9-turni muvaffaqiyatli yakunladi.
Shu tariqa, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham delegatsiyamiz hisobiga qo‘shaloq medallar taqdim qildi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan kumush, Javohir Sindorov esa 6.5 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar