Ronaldu Evro-2016 g‘olibligi uchun olgan mukofotini bolalar rakiga qarshi kurash fondiga topshirdi


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatidagi g‘oliblik uchun berilgan mukofot pulini xayriya maqsadida yo‘naltirdi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
Xabar qilinishicha, futbolchi 275 ming evro miqdoridagi mablag‘ni bolalardagi onkologik xastaliklarga qarshi kurashuvchi fond hisobiga o‘tkazgan.
Qayd etilishicha, futbolchi Evropa chempionlar ligasidagi g‘oliblik uchun o‘ziga to‘langan bonus mablag‘larni ham shu maqsadga yo‘naltirgandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…