date
views 277

Hangjou-2022. O‘zbekistonlik qilichbozlar tarixiy chempionlikni qo‘lga kiritdi

Hangjou-2022. O‘zbekistonlik qilichbozlar tarixiy chempionlikni qo‘lga kiritdi

Foto: Osiyo O‘yinlari

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi ajoyib g‘alabaga erishdi. Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Paola Pliyego va Fernanda Errera to‘rtligidan iborat jamoamiz shiddatli ruhda kechgan final jangida yaponiyalik raqiblarini 45:42 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo O‘yinlari chempioniga aylanishdi.

Qayd etish joiz, bu qilichbozlik sportida Osiyo O‘yinlarida qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal sanaladi.

Ma’lumot uchun, chorakfinalda Singapurga qarshi bahs olib borgan qizlarimiz 45:32 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘l olgandi. Final yo‘llanmasi uchun kurashda esa vakillarimiz mezbonlar ustidan 45:43 hisobida g‘alaba qozongandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi jami oltinlari soni 7taga yetdi. Vakillarimiz jami 32ta medal bilan umumjamoa hisobida 6-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hangjou-2022. O‘zbekistonlik qilichbozlar tarixiy chempionlikni qo‘lga kiritdi