date
views 1 610

Shomurodovdan bunaqasini kutmagan edik!

Shomurodovdan bunaqasini kutmagan edik!

A Seriya o‘yinlarini tahlil qilib borayotgan ekspertlar oltinchi tur yakunlari bo‘yicha o‘z xulosalarini taqdim etmoqda.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari muxlislik qilayotgan “Kalyari” jamoasi bu turda o‘z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan Milan jamoasini qabul qilib, o‘yinda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu muvaffaqiyatsizlik tufayli Klaudio Raneri jamoasi musobaqa jadvalining eng oxirgi pog‘onasiga tushib qoldi. Biz uchun qiziq bo‘lgani, “Milan”ga qarshi bahsda Eldor Shomurodov yigirma daqiqadan ko‘proq o‘ynadi. Biroq jamoasiga hech qanday yordam bera olmadi.

Italiya futbolini yoritayotgan manbalardan biri –  https://www.tuttomercatoweb.com sayti ekspertlari oltinchi turda eng past ball to‘plagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. Bu jamoaga oltinchi turda maydonga tushgan barcha o‘yinchilar orasidan o‘zini ko‘rsata olmaganlari kiritildi.  

Ushbu jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabon:

Boris Radunovich (“Kalyari”) 5,50 ball;

Himoyachilar:

Raul Bellanova (“Torino”) 5,50 ball;

Ruan Tressoldi (“Sassuolo”) 5,50 ball;

Matteo Lovato (“Salernitana”) 5,33 ball;

Adam Marushich (“Latsio”) 5,50 ball;

Yarim himoyachilar:

Valas (“Udineze”) 5,42 ball;

Alberto Grassi (“Empoli”) 5,50 ball;

Nikola Vlashich (“Torino”) 5,50 ball;

Hujumchilar:

Erik Boteym (“Salernitana”) 4,70 ball;

Lorentso Lukka (“Udineze”) 5,40 ball;

Eldor Shomurodov (“Kalyari”) 5,40 ball.

Ko‘rinib turibdiki, bu ramziy terma jamoaga “Kalyari”dan ikki o‘yinchi – darvozabon Boris Radunovich va hujumchi Eldor Shomurodov kiritilgan.

Serbiyalik posbonda keyingi paytlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Boris Radunovichining ikkita xatosi “Milan” futbolchilariga bir juft to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketishiga imkoniyat yaratdi.

Eldor Shomurodov esa, asosiy vazifasi – gol urishni uddalay olmayapti. Legionerimiz joriy mavsumda A Seriyada oltita va Italiya kubogida bitta o‘yinda maydonga tushib, hali birorta ham samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.

Shomurodov A Seriyadagi oxirgi golini  2023 yilning 2 aprel kuni kiritgan. “Spetsiya” tarkibida “Salernitana” darvozasiga kiritilgan to‘p Eldor uchun o‘tgan mavsumdagi yagona gol hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovdan bunaqasini kutmagan edik!