Osiyo o‘yinlari: Nigina O‘ktamovadan super jang va ishonchli g‘alaba!

Osiyo o‘yinlarining boks bahslari yanada qizg‘in tus olmoqda. Bugungi kun dasturidan bir qator vakillarimizning chiqishi o‘rin olganligi borasida xabaringiz bor.
Ularning ikkinchisida -54 kg vaznli bokschimiz Nigina O‘ktamova ringga ko‘tarildi. U Yaponiya vakilasi Rinka Kinoshitaga qarshi bahs yuritdi, yurtdoshimiz uch raund raqibasiga imkoniyat qoldirmadi va xaqli ravishda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Eng asosiysi esa, O‘ktamova Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.
Oldinda bizni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘dayev va Bahodir Jalolov janglari kutib turibdi.































Izohlar 0
…