"Lokomotiv" klubi Pro ligadan Superligaga chiqish masalasini muddatidan oldin hal qildi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda "temiryo‘lchilar" 42 ochko bilan jadvalda peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi "Dinamo" hisobida 37 ochko mavjud. 3-pog‘onadan joy olgan "Qo‘qon-1912" 36 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Biroq qo‘qonliklar yuqoridagi ikki jamoadan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan. Shu sabab oldindagi ikki bahsda g‘alaba qozongan taqdirda ham "Loko" bilan ochkolari soni teng keladi. O‘zaro o‘yinlarda esa toshkentliklar mutlaq ustunlikka ega (ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozongan).
Shu sababli, "Lokomotiv" chempionat tugashiga 3 tur qolganida Superligaga chiqish masalasini ijobiy hal qildi. Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori ligaga chiqish uchun "Dinamo" va "Qo‘qon-1912" kurash olib boradi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring