Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatov final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qildi

Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatov final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qildi

Osiyo o‘yinlarining boks bahslari hal qiluvchi pallaga kirib keldi. Bugun bir qator yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Ular orasidan o‘rin olgan -51 kg vazn toifasidagi janglarda hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs yuritdi.

Ma’lumki, yaponiyalik bokschi ham -54 kg vazn toifasida Belgradda jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Xullas, final oldidan final jangi edi. Jang juda qiziqarli va shiddatli ravishda kechdi. Yakunda yurtdoshimiz 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga yo‘l olishi bilan birga Parij Olimpiadasiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Endi, hamyurtimiz osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun Tailand vakili Titsian Panmotga qarshi jang qiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar