12:06 / 05.10.2023
245

Xvan Son Xon: "O‘zbekistonda jarima zarbasi bo‘yicha mutaxassis bor"

Xvan Son Xon: "O‘zbekistonda jarima zarbasi bo‘yicha mutaxassis bor"

Osiyo o‘yinlari 1/2 finalidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi — O‘zbekiston (2:1) uchrashuvidan keyin koreyslar bosh murabbiyi Xvan Son Xon matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kutilganidek qiyin o‘yin bo‘ldi. Futbolda g‘alaba qozonish oson emas. Yigitlar bugun iroda namoyish etishdi. Chempionlikka erishish uchun bir qadam qoldi. Buning uchun bor kuchimizni sarflaymiz va oltin medalni qo‘lga kiritamiz. Bugun raqib o‘ziga xos tarzda o‘yin namoyish etdi. Raqib tarkibida jarima zarbasi bo‘yicha mutaxassis bor edi. Futbolda xatolar ham uchrab turadi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar finalda g‘alaba qozonishimiz lozim. Bu haqda tashvishlanmayman, chunki yigitlar o‘yinga tayyor. Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi. Futbolchilar qo‘lidan kelganini bajargani uchun ulardan minnatdorman. Endi birgalikda oxirgi qadamni tashlaymiz", — dedi koreyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida Yaponiya bilan to‘qnash keladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xvan Son Xon: "O‘zbekistonda jarima zarbasi bo‘yicha mutaxassis bor"