Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Portu” va “Barselona” uchrashuvida kam kuzatilgan holat sodir bo‘ldi.
O‘yinning 71-daqiqasida kataloniyaliklarning eng yosh o‘yinchisi – 16 yoshli Lamin Yamalning qorni og‘rib qoldi.
Futbolchi o‘yinni tashlab, hojatxonaga ketdi. Biroq, yosh futbolchi u yerda uzoq qolib ketdi. Uni maydonga qaytishi qariyb 10 daqiqa kutgan Xavi Ernandes Yamalning o‘rniga Markos Alonsoni o‘yinga tushirib yubordi.
Lamin Yamal debyut qilgan va hech qachon esidan chiqarmaydigan uchrashuvda kataloniyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar