19:00 / 07.10.2023
643

Qozoq boksi o‘zbek boksidan ortda qolib ketgani sababi aytildi

Qozoq boksi o‘zbek boksidan ortda qolib ketgani sababi aytildi

Foto: O‘BF

Osiyo O‘yinlari-2022 finalida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘nqaboyevni mag‘lubiyatga uchratgach, “Qazsport” telekanali sharhlovchisi Yerbol Kairov O‘zbekiston boks bo‘yicha Qozog‘istonni qanday qilib ortda qoldirganini aytdi.

«So‘nggi bir necha yildan buyon O‘zbekiston boks maktabi – jahondagi eng yaxshilaridan biri, qozoq boksi haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Bokschilarimizda qo‘shnilarimizdagidek barqarorlik va oltin medallar shodasi yo‘q. Biz hali ko‘p ishlashimiz, korrupsiyani yo‘qotishimiz, qo‘l ostimizdagilarni milliy jamoaga tortmay, bor eʼtiborni haqiqatdanam kuchli bo‘lgan bokschilarga qaratishimiz kerak. Har bir bokschi bor salohiyatini o‘zi isbotlashi lozim. O‘zbek boksi xuddi shu yo‘lni tanladi va endi bu o‘z mevalarini bermoqda», - deydi qozog‘istonlik sport sharhlovchisi.

Maʼlumot uchun, Qozog‘iston boksda oltin medal yuta olmadi – 2ta kumush va 3ta bronza. Qo‘shnilarimiz boks bo‘yicha umumjamoa hisobida 9-o‘rinni egallagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozoq boksi o‘zbek boksidan ortda qolib ketgani sababi aytildi