Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi. Yigitlarimiz jamoaviy dasturda bronza medallariga egalik qilishdi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hal qiluvchi 9-turda Tailand terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng terma jamoamiz o‘z hisobidagi ochkolar sonini 14 taga yetkazib oldi va bronza medalini naqd qildi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboyevdan iborat jamoamiz delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Bu dasturda oltin medal 16 okcho jamg‘argan Eronga nasib etdi. Hindiston esa 15 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi