“Jenoa”ga qarshi uchrashuvda darvozada turgan “Milan” hujumchisi: “Ajoyib seyv amalga oshirdim. Menyana libosi endi meniki”
Olivye Jiru “Jenoa”ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarini darvozada o‘tkazdi va hujumchi ushbu holat haqida gapirdi.
“Men bilan bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Jamoadoshlarim bilan faxrlanaman. Ajoyib seyvni amalga oshirdim. Biz sherlardek kurashdik va g‘alaba qozonganimizdan xursandman.
Kalabriya o‘ziga ishonmadi va shu sababli men o‘zimda kuch topib, darvozaga turdim. Men o‘zimga ishondim va barchasi yaxshi yakunlandi. Biz maydondan boshimizni tik ko‘targan holda chiqib ketdik va turnir jadvalining birinchi pog‘onasiga ko‘tarildik.
Menyananing libosi esa endi meniki”, - deb fikrini yakunladi Jiru.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” — “Jenoa” uchrashuvining 90-daqiqasida Menyana qizil kartochka oldi. Milanliklarda o‘yinchi o‘zgartirish imkoni qolmagani sababli darvozaga Jiru turgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring