«Real» Andre Gomeshni 50 million yevroga sotib olishga yaqin turibdi


«Valensiya» yarim himoyachisi Andre Gomesh faoliyatini «Real»da davom ettirishga yaqin turibdi, deb yozmoqda "fut.uz" sayti.
Xabar qilinishicha, «Real» rahbariyati yarim himoyachini 50 million yevroga sotib olishga qaror qilishgan. Boz ustiga yana 5-10 million yevro mukofot sifatida «Valensiya»ga to‘lanishi mumkin.
Ayni vaqtda muzokara jarayoni davom etmoqda. Klublar o‘rtasidagi munosabat yaxshi bo‘lgani bois «Valensiya» shartnomada ko‘rsatilgan 65 million yevrodan kamroq pulga Gomeshni sotishi mumkin.































Izohlar 0
…