10:08 / 09.10.2023
121

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda bo‘lib o‘tgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida qitʼaning 45 ta davlatidan 11 ming nafar sportchi ishtirok etgan musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oltin medallar 31 nafar sportchimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ularning teng yarmi – qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidlashni o‘rinli deb bilaman. 132 nafar vakilimiz jami 71 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘tgan Osiyo o‘yinlariga nisbatan rekord natijani qayd etganlari ham barchamizni quvontiradi”, — deyiladi tabrikda.

Davlat rahbari o‘zbekistonlik sportchilar Xitoy Taypeyi, Bahrayn, Shimoliy Koreya, Gonkong, Eron, Indoneziya, Qozog‘iston, Qatar, Singapur, Malayziya, Vetnam, Kuvayt kabi sport sohasida rivojlangan davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin faxrli beshinchi o‘rinni egallaganini eʼtirof etdi.

O‘zbek qilichbozlik sportining iftixoriga aylangan Zaynab Dayibekova sablya jamoa dasturida Osiyo qitʼasida tengsizligini, Anvar Klevleyev esa slalomda eshkak eshish bellashuvida aksariyat raqiblaridan kuchli ekanini amalda namoyon etdi”, — deydi prezident.

Shu bilan birga davlat rahbari o‘zbekistonlik sportchilar 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan 33-olimpiya o‘yinlarida ham yuksak cho‘qqilarni zabt etishiga ishonch bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarga tabrik yo‘lladi