16:13 / 09.10.2023
259

Chempionlik uchun kurashda to‘rtlikdagi holat: o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik kimda?

Chempionlik uchun kurashda to‘rtlikdagi holat: o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik kimda?

Bu yil chempionlik kurashi oxirgi turlargacha davom etadiganga o‘xshaydi. "Paxtakor" raqobatchilarni ortda qoldirib, qochib ketgandek edi. Biroq oxirgi 3 ta turda ochkolarni yo‘qotgan (2 durang 1 mag‘lubiyat) "sherlar" endi 3 ochkolik masofada.

Xabaringiz bo‘lsa kerak, chempionlik masalasida agarda ochkolar teng kelib qolsa, reglament bo‘yicha avvalo o‘zaro o‘yinlardagi natija ustuvor bo‘ladi.

O‘zaro o‘yinlarda ushbu to‘rtlikdan eng yaxshi holat esa Qarshining "Nasaf" klubida, qolganlarda deyarli teng holat.

  • "Nasaf" o‘zaro o‘yinlarda "Neftchi"dan ustun, "Paxtakor" va "Navbahor" bilan teng, lekin javob o‘yinlari bor.
  • "Neftchi" o‘zaro o‘yinlarda to‘plar nisbatiga ko‘ra "Nasaf"ga yutqazdi. "Paxtakor"dan esa ustun, "Navbahor" bilan teng va javob o‘yini bor.
  • "Paxtakor" o‘zaro o‘yinlarda faqat "Navbahor"dan yaxshi, "Neftchi"ga yutqazgan va "Nasaf" bilan javob uchrashuvi oldidan holat teng.
  • "Navbahor" o‘zaro o‘yinlarda "Paxtakor"ga yutqazgan, javob uchrashuvlaridan oldin "Nasaf" va "Neftchi" bilan teng.

Ko‘rinib turibdiki, faqat "Nasaf" hozircha ushbu to‘rtlikda o‘zaro o‘yinlarga (ikki o‘yinning umumiy natijasi hisobga olinadi) ko‘ra hech kimga yutqazmagan.

Biroq hali oldinda o‘yinlar yetarli va yakunda jamoalarning jadvalda qanday joylashadi, degan savol ochiqligicha qolmoqda. Aziz o‘quvchi, bu borada siz qanday fikrdasiz?


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlik uchun kurashda to‘rtlikdagi holat: o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik kimda?