13:00 / 11.10.2023
202

Fazliddin G‘oibnazarov qaytmoqda, u sobiq jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tariladi

Fazliddin G‘oibnazarov qaytmoqda, u sobiq jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tariladi

Havaskor boksda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi navbatdagi jangini nomdor raqibga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Charm qo‘lqop ustamiz 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Butayevga qarshi ringga ko‘tariladi. Butayev 2021-2022 yillar oralig‘ida WBA yo‘nalishi chempioni bo‘lgan. Ayni paytda u WBA reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Rajab Butayev hamyurtlarimiz Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimovning jamoadoshi hisoblanadi. Hisobida 14 g‘alaba (11 nokaut) va 1 mag‘lubiyat bor. Yagona mag‘lubiyatini o‘tgan yilning 16 aprel kuni o‘tkazgan ilk himoya jangida litvalik Eymantas Stanyonisdan qabul qilib olgan.

32 yoshli Fazliddin G‘oibnazarov prof boksda 11 g‘alaba (6 nokaut) va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Yagona mag‘lubiyatini 2019 yilda Maykl Foksdan qabul qilib olgan. 2022 yilning 2 dekbar kuni "Humo Arena"da yana bir hamyurtimiz Jamshid Karimovni ochkolar hisobiga ko‘ra taslim etgan edi. Bu uning hozircha so‘nggi jangi bo‘lib turibdi.

Qiziq bir ma’lumot, Fazliddin Butayevga qarshi jang o‘tkazgan uchinchi o‘zbek bokschisi bo‘ladi. Bunga qadar Rajab 2017 yilda bokschilarimiz Sherzodbek Olimjonov va Bahrombek Payozovni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan edi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov qaytmoqda, u sobiq jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tariladi