date
views 588

“Inter Mayami” Messi bilan xayrlashishga tayyor

“Inter Mayami” Messi bilan xayrlashishga tayyor

AQSH chempionati pley-offiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan “Inter Mayami” rahbariyati Lionel  Messi bilan vaqtincha xayrlashishga tayyorligini bildirdi.

Jamoa musobaqadagi ishtirokini davom ettira olmasligi tufayli Lionel Messi bir necha oy futboldan uzoq yurishiga to‘g‘ri keladi. Bu uning jismoniy tayyorgarligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shu bois, bir necha manbalar argentinalik yulduz qishda ijara asosida “Barselona”ga o‘tishini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni klublari ham Messini vaqtinchalik o‘ynatish uchun katta xarajat qilishga tayyorligini bildirmoqda.

Sport nashrining yozishicha, “Inter Mayami” rahbariyati agar Lionel Messining o‘zi ijara asosida boshqa klubda o‘ynash istagini bildirsa, argentinalik yulduz bilan vaqtincha xayrlashishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Inter Mayami” Messi bilan xayrlashishga tayyor