Odatda, futbolda yoshi 30 dan o‘tgan o‘yinchilar “qariya”ga chiqariladi. Katta klublarning aksariyati bu yoshdagi futbolchilarga uzoq muddatli shartnoma bermaydi.
Lekin Krishtianu Ronalduning 30 yoshdan keyin Portugaliya terma jamoasida ko‘rsatayotgan sermahsulligi 200 ga yaqin mamlakat milliy terma jamoalari o‘yinchilariga yaxshigina dars bo‘ldi.
38 yoshli futbolchi “Yevro-2024” saralash uchrashuvida Slovakiya darvozasiga ikkita to‘p kiritib, terma jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi va portugaliyaliklarni qit’a chempionatining final bosqichiga olib chiqdi.
Ronaldu xalqaro maydonda urgan gollari sonini 125 taga yetkazib, o‘ziga tegishli mutlaq rekordni yangiladi.
Bundan tashqari, dubldan keyin Ronaldu 30 yoshidan keyin urgan gollari sonini 73 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkichni hali biror mamlakat terma jamoasi o‘yinchisi takrorlay olgani yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring